Liviyada 15 yil ichida birinchi marta qor yogʻdi
Liviyada bir necha yil ichida birinchi marta qor yogʻdi. Ushbu tabiiy hodisa mamlakatning shimoli-sharqida kuzatildi.
Harorat noldan pastga tushgan. Mahalliy aholining taʼkidlashicha, bu mintaqa uchun noyob hodisadir. Chunki bu yerda oxirgi marta 15 yil oldin qor yoqqan. Shu sababli, hamma sovuq ob-havodan xursand, ayniqsa, birinchi marta qorbobo yasagan va qorboʻron oʻynagan bolalar.
Meteorologlarning prognozlariga koʻra, qor yogʻishi ikki kun davom etadi. Shuningdek, ushbu hududga yana qachon qor yogʻishi nomaʼlum.
Maʼlumot uchun, avvalroq AQSHning 24 ta shahrida rekord darajadagi sovuq harorat qayt etilganligi haqida xabar bergan edik.
Eslatib oʻtamiz, AQSHda qor boʻroni sabab 3 milliondan ortiq aholi elektrsiz qoldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring