Fransiyada koronavirusdan himoya qiladigan niqob yaratildi
Fransiyada koronavirusni zararsizlantiradigan himoya niqobi yaratildi. Bu haqda “BioSerenity” kompaniyasi maʼlum qildi.
Himoya vositasini Lill universiteti, Fransiya sogʻliqni saqlash va tibbiy tadqiqotlar milliy instituti hamda Milliy ilmiy tadqiqotlar markazi mutaxassislari birgalikda ishlab chiqdilar.
Maʼlum qilinishicha, niqob havodagi viruslarni zararsizlantirishga va yoʻq qilishga qodir. Ushbu bir martalik himoya vositasi 40 soat virusdan saqlaydi.
Koronavirusdan himoyalovchi mazkur niqoblar 1,49 yevroga baholandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring