Toshkent viloyatida fuqaro quduqqa tushib ketdi
Kecha, 16-fevral kuni Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent tumani S.Rahimov jamoa xoʻjaligi Shermatov koʻchasi 62-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Q.B.ning quduq ichiga tushib ketganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Aniqlanishicha, hodisa Chirchiq shahrida joylashgan “Faxriy Baraka Servis” bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatiga qarashli 18-dala hovlida fuqaro quduqdan suv chiqarish maqsadida, unga tushayotgan vaqtida oyogʻi sirpanib ketganligi tufayli sodir boʻlgan. Oqibatda uning oyogʻi sinib, yuqoriga qaytib chiqa olmagan.
“Murojaat yuzasidan qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro Q.B. quduq ichidan olib chiqilib, tez-tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan”, deyiladi FVV xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring