All
Davlatimiz rahbarining tashabbusiga binoan xotin-qizlarning davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy salohiyatini oshirishga qoʻshgan hissasi, ilmiy va amaliy sohalardagi erishgan yutuqlarini ragʻbatlantirish uchun alohida davlat mukofoti taʼsis etilishi nazarda tutilgan.
10:17 16 Mart 2021Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkel bilan videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtgan muzokaralarini deputatlarimiz katta eʼtibor bilan kuzatishdi.
09:52 16 Mart 2021Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-mart holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 12 069 tani, shundan qoʻshma korxonalar 5 760 ta va xorijiy korxonalar 6 309 tani tashkil etmoqda.
09:47 16 Mart 2021“14-mart kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston superligasining 2-turidan oʻrin olgan «Soʻgʻdiyona” — “Turon” uchrashuvidan keyin mehmon jamoa bosh murabbiyi Islom Ismoilovning oʻyinni boshqarib borgan hakamlarga nisbatan bildirgan eʼtirozi ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalarga sabab boʻldi.
09:39 16 Mart 2021Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali faoliyati bilan tanishdi. Maʼlumot uchun, bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida hindistonlik bir guruh talabalar tahsil olmoqda. M.Prabaxt Urganch davlat universitetining...
09:30 16 Mart 202116-mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vaksinalar xavfsizligi boʻyicha maslahat qoʻmitasi “AstraZeneca” preparati xavfsizligini tekshirish uchun yigʻiladi.
00:59 16 Mart 2021Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish boʻyicha Toshkent shahar shtabining qaroriga koʻra, Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar va oʻqituvchilar orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati ortib borayotganligini inobatga olib, joriy yilning 16-mart kunidan boshlab, Mirzo Ulugʻbek,...
21:01 15 Mart 2021Bugun, 2021-yil 15-mart kuni poytaxt hokimligida Toshkent shahriga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha Toshkent shahar shtabi rahbari, Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev boshchiligida oʻtkazilgan maxsus yigʻilishda berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, bozorlar va savdo majmualarida amaldagi karantin tartib-qoidalariga...
20:14 15 Mart 20212021-yil 12-mart kuni Samarqand viloyati IIB JQB hamda Bulungʻur tumani IIB JQB xodimlari hamkorligida Jomboy tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.
20:04 15 Mart 2021Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Badiiy tarjima va xalqaro aloqalar boʻlimining “Turkiy adabiyot xazinasi” nomli asarlar majmuasini oʻzbek tilida tayyorlash va chop etishga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
19:22 15 Mart 2021Pekin aeroportlari qum boʻroni tufayli 428 reysni bekor qilishga majbur boʻldi.
19:09 15 Mart 2021Buyuk Britaniyadan soʻng Fransiya ham Yevropa Ittifoqini tark etmoqchi. Bu haqda “Le Figaro” jurnali xabar bermoqda.
18:51 15 Mart 2021Toshkent shahri hokimligining xabar berishicha, yoʻl taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari tufayli 16-mart kuni soat 08:00 dan bir oy davomida Yunusobod tumanidagi ayrim yoʻl qismlari harakatlanish uchun yopiladi.
18:37 15 Mart 2021Navoiy viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
18:02 15 Mart 2021Bugun Samarqandda oʻtkazilgan “Imom Buxoriy merosining oʻziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusidagi xalqaro anjumanda sovgʻa almashish chogʻida Afgʻoniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy viloyat hokimi E.Turdimovga vazirlikning esdalik medalini topshirdi.
17:43 15 Mart 2021Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
17:08 15 Mart 2021Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117- sonli DMTT ish faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
17:01 15 Mart 2021Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi ijro ishi yurituvida, FIB M.Ulugʻbek tumanlararo sudining 13.02.2019-yildagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor I.Sh.dan undiruvchi L.F. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻlim...
16:33 15 Mart 2021Axmedov Iskandar Saidahmad oʻgʻli Navoiy viloyati hokimining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.
16:27 15 Mart 2021Prezidentning “Qishloq xoʻjaligida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
16:22 15 Mart 2021