All

Ertaga havo iliq boʻladi

“Oʻzgidromet” 17-mart, chorshanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini eʼlon qildi.

13:17 16 Mart 2021
Davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalarini uch oy ichida hal etish rejalashtirilmoqda

Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari bilan umumiy chegaraga ega. Qirgʻiziston bilan umumiy chegara uzunligi 1476,12 kilometrni (delimitatsiya va demarkatsiya natijalariga koʻra umumiy chegara uzunligi oʻzgarishi mumkin) tashkil etadi.

12:58 16 Mart 2021
Samarqandda mahalla raisi fuqaroni ayollar daftariga kiritish uchun  500 dollar soʻradi

Bulungʻur tumani “Oʻroqli” MFY yashovchi fuqaro D.M. ariza bilan mahallaga murojaat qilgan. 

12:56 16 Mart 2021
Ofatlardan jabr koʻrganlar davlat boji va konsullik yigʻimidan ozod qilinmoqda

Dunyoda hech bir inson tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlardan toʻliq himoyalangan emas. Fuqaro oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda favqulodda vaziyatdan jabr koʻrsa, davlat uni himoya qilishi zarur.

12:55 16 Mart 2021
Nukus garnizonidagi harbiy qismda Madaniyat markazi qurilishiga tamal toshi qoʻyildi

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farhodjon Shermatov Nukus garnizoniga qarashli harbiy qismlardan birida kelajakda harbiy xizmatchilar va ular oila aʼzolariga xizmat qiladigan koʻrkam Madaniyat markazi binosining qurilishiga tamal toshini qoʻydi. Bu haqda Okrug matbuot xizmati xabar berdi.

12:52 16 Mart 2021
Shahrisabzda afgʻon gilamlari toʻqilmoqda

Shahrisabz shahrida “AFGHAN BAZAR SILK CARPETS SHAKHRISABZ” MCHJ shaklidagi Afgʻoniston bilan hamkorlikda afgʻon gilamlari ishlab chiqarishga moʻljallangan qoʻshma korxona ishga tushdi.

12:31 16 Mart 2021
Masjid binosining bir xonasida ishlayotgan xodimlar, boshpanasiz MFY yoxud madadga muhtoj mahallalar haqida

— Mamlakatimiz Prezidenti shu yilning 19-fevral kuni Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida “Bunyodkor” mahallasida ham boʻlib, bu yerdagi infratuzilmani yaxshilash yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi. Namanganda aniqlangan kamchiliklar aynan bizning tumanimizda ham yoʻq emas, — deya xabar berishdi muxbirimizga Oʻzbekiston...

12:27 16 Mart 2021
Huquqbuzarlarga qarshi kurashuvchilar sotqin boʻlsa – mendirman oʻsha. Adliya vazirligi mutasaddisi Kusherboyev fikrlariga qarshi fikr bildirdi

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev yoʻllardagi qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarni “xoin”, “vatanni ham sotadi” deb taʼrifladi.

12:26 16 Mart 2021
Qorovulbozor tumanidagi 4962 tabiiy gaz isteʼmolchisining barchasi zamonaviy hisoblagichlar bilan taʼminlandi.

Buxoro viloyatida 260 mingdan ortiq tabiiy gaz isteʼmolchisi bor. Ulardagi tabiiy gaz toʻlovi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish maqsadida zamonaviy hisoblagichlar oʻrnatilmoqda. Shu jarayonda targʻibot, tushuntirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.

12:22 16 Mart 2021
2022-yildan elektron chipli maxsus pensiya kartasi joriy etiladi. Undan bank kartasi sifatida foydalanish mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarga davlat pensiyasini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni fuqarolarga yetkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

12:10 16 Mart 2021
Oʻzbekiston — Germaniya onlayn sammiti natijalari GFR ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi

Germaniyaning yetakchi axborot portallarida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel oʻrtasida 12-mart kuni boʻlib oʻtgan onlayn-sammit natijalariga bagʻishlangan materiallar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

11:59 16 Mart 2021
Sudning adolatsiz hukmiga toʻrt yildan soʻng adolatli nuqta qoʻyildi

Soʻnggi yillarning yangilanishlari inson omili, uning huquq va manfaatlari, shaʼni va qadr-qimmatini ustuvor tutmoqda. Sud-huquq tizimimizda oqlov, aybsizlik prezumpsiyasi kabi iboralar tez-tez qoʻllanilib, shaxsning erkini kamsituvchi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlanmoqda.

11:51 16 Mart 2021
Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish koʻzda tutilmoqda

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari A.Overchuk oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qilindi.

11:36 16 Mart 2021
“Onlayn maktab” oʻqituvchilari taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga amaliy yordam uchun Namangan viloyatiga joʻnab ketdi

Bugun “Onlayn maktab” loyihasining bir guruh tajribali pedagoglari jamoasi Namangan viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda XTV matbuot xizmati xabar berdi.

11:28 16 Mart 2021
ADM-Jizzakh avtozavodi haqida: Sogʻlom raqobat bor joyda sifat va talab taʼminlanadi

2020-yil noyabrdan boshlab “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi ADM-Jizzakh zavodida uchta komplektatsiyadagi Seltos krossoveri va beshta komplektatsiyadagi K5 sedanini yigʻish boshlanishi haqida xabar qilingan edi. Bu borada ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari KIA avtomobillarini yigʻish va sifatini taʼminlash borasida oʻz fikrlarini qoldirmoqda.

11:18 16 Mart 2021
Karmana tumanida maʼmuriy jarima va davlat bojlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlarni talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasining tekshirish dalolatnomasiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda,  AT “Xalq banki” Karmana filiali moddiy javobgar shaxslari 2020-yil davomida 414 holatda maʼmuriy jarima va davlat bojlari uchun amalga...

11:12 16 Mart 2021
Energetika vaziri stipendiyasi taʼsis etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining tegishli buyrugʻi bilan Energetika vazirligi mutasaddiligidagi oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun “Energetika vaziri stipendiyasi” taʼsis etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

11:05 16 Mart 2021
Bojxonachilar qariyb 9 mlrd. soʻmlik “parfyumeriya” operatsiyasiga chek qoʻyishdi

Xorijdan Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 4 ta yuk konteynerlarini tegishli tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazishdi.

11:01 16 Mart 2021
“Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

“Ekologik audit toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–678-son, 15.03.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

10:56 16 Mart 2021
Yana noqonuniy qurilishlar haqida yoxud Navoiyda ham “gʻalvir suvdan koʻtarildi”

"1. Zarafshon shahar 14 kichik tumanida “Sifat Qurilish Zarafshon” MCHJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari yaʼni shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda qarorning 5-ilovasiga asosan hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan koʻp qavatli turar joy...

10:51 16 Mart 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер