Energetika vaziri stipendiyasi taʼsis etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining tegishli buyrugʻi bilan Energetika vazirligi mutasaddiligidagi oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun “Energetika vaziri stipendiyasi” taʼsis etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur buyruqqa asosan, Energetika vaziri stipendiyasi 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti va “MEI” Milliy tadqiqot universitetlarining Toshkent shahridagi filiallarida tahsil olayotgan 3 nafargacha boʻlgan eng iqtidorli talabalariga Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravarida har oyda toʻlab boriladi.
Stipendiatlarga Energetika vazirligi tomonidan “Energetika vaziri stipendiyasi sohibi” koʻkrak nishoni hamda qimmatbaho sovhalar beriladi.
Shu bilan birga, stipendiatlarni oʻqishni tamomlaganlaridan soʻng vazirlik tizimidagi tashkilotlarda ish bilan taʼminlanishi kafolatlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring