Pekin aeroportlarida qum boʻroni sabab 428 reys bekor qilindi
Pekin aeroportlari qum boʻroni tufayli 428 reysni bekor qilishga majbur boʻldi.
Xabarga koʻra, 15-mart kuni poytaxt aeroportida 1141 reys amalga oshirilishi kerak edi. Shundan 247 tasi bekor qilingan. Shuningdek, Dasin xalqaro aeroportida rejalashtirilgan 846 reysdan 181tasi bekor qilindi.
Boʻron shahar ichidagi transport harakatlanishiga ham muammo tugʻdirmoqda. Pekin yoʻllarida tirbandliklar vujudga kelgan. 1000 metrdan narini koʻrishni imkoni yoʻq.
Shu sababli, Xitoy hukumati aʼzolari Pekinni xavf darajasi boʻyicha “sariq” hudud deb eʼlon qildi. Fuqarolar ochiq havoda tadbirlar oʻtkazmaslikka, shuningdek, oʻta zarurat boʻlmagan holatda binolarni tark etmaslikka chaqirilmoqda.
Meteorologlarning taʼkidlashicha, boʻron Xitoyning boshqa shimoliy hududlariga ham yetib boradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring