Ehtiyojmand aholiga 1 gektargacha yer beriladi

16:22 15 Mart 2021 Iqtisodiyot
2145 0

Prezidentning “Qishloq xoʻjaligida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Loyihada qayd etilishicha, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli fuqarolar, ishsiz yoshlarga davlat va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan yangi oʻzlashtirilgan, lalmi, qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlaridan 0,1 gektardan 1 gektargacha yer uchastkalarini berish tizimi keng joriy etiladi.

Hududlarda aholining soni va zichligini inobatga olgan holda, aholiga yangi oʻzlashtirilgan, lalmi hamda qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlari oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan ehtiyojmand oilalarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va sahro mintaqasida esa sugʻorilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha oʻlchamda belgilangan tartibda beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер