Fransiya Yevropa Ittifoqidan chiqishni rejalashtirmoqda

18:51 15 Mart 2021 Dunyo
1387 0

Buyuk Britaniyadan soʻng Fransiya ham Yevropa Ittifoqini tark etmoqchi. Bu haqda “Le Figaro” jurnali xabar bermoqda.

Fransiyani Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqida jurnalist Loran Erble maʼlum qildi. Loran Erblening yozishicha, pandemiya davrida Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti va sanoati qanchalik choʻkkanligi ayon boʻldi.

Ittifoq hududida niqob ishlab chiqaradigan korxonalar deyarli mavjud emas. Shuningdek, dori-darmonga moʻljallangan ingrediyentlarning 80 foizga yaqini Ittifoqdan tashqarida ishlab chiqariladi.

Shu bilan birga, pandemiya Yevropa Ittifoqi rahbariyati Ittifoqqa aʼzo davlatlarga zarur yordamni bermasligini koʻrsatdi. Erble misol tariqasida iqtisodiyotni tiklash uchun ajratilgan mablagʻ miqdorini taqqosladi. AQSHda bu taxminan 5 trillion dollarni, Yevropa Ittifoqida esa atigi 300 milliard yevroni tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер