All

Oʻzbekiston “Tinchliksevarlik global indeksi”da yuqoriladi

Global Peace Index 2022 reytingida Oʻzbekiston 7 pogʻonaga yuqorilab, 163 davlat orasida 86-oʻrinni egalladi.

16:57 22 Iyul 2022
“Bogʻishamol”da bolalar maroqli dam olmoqda

“Mahalla” xayriya jamoat fondi yana bir xayrli ishga qoʻl urdi. Bevosita fond tashabbusi bilan viloyatdagi “Bogʻishamol” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida ayni damda ehtiyojmand oilalarning 50 nafar oʻgʻil-qizi maroqli hordiq chiqarmoqda.

16:51 22 Iyul 2022
Yagona maktab formasida oʻquvchi-qizlarning yubkasini uzunroq fasonda tiktirish mumkinmi?

Bu haqida Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabarida ma`lum qilindi.

16:42 22 Iyul 2022
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylandi

Saylov toʻgʻridan toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan amalga oshirildi.

16:36 22 Iyul 2022
“Janubiy Koreya – Oʻzbekiston” parlament doʻstlik assotsiatsiyasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“Janubiy Koreya – Oʻzbekiston” parlament doʻstlik assotsiatsiyasi raisi Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarni qoʻllab-quvvatladi.

16:31 22 Iyul 2022
Andijonda suyultirilgan gaz ballonlarini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

16:26 22 Iyul 2022
Bugunga qadar 530 ming nafardan ortiq oʻquvchi 1-sinfga qabul qilindi

Murojaatlar mutaxassislar tomonidan oʻrganilib, qisqa muddatlarda hal etilmoqda.

16:23 22 Iyul 2022
JSST: Oʻtgan haftada koronavirusga chalingan 6,2 million kishidan 11 ming nafari vafot etdi

Qolgan mintaqalar, xususan, Afrikada COVID-19 qurbonlari soni 39 foizga, Yevropada esa 14 foizga kamaydi.

16:17 22 Iyul 2022
Kasb-hunar maktabi bitiruvchilari mehnat shartnomasi imzoladi

Buxoro viloyati Vobkent tuman markazidagi kasb-hunar maktabida ikki yil davomida saboq olib, tegishli mutaxassislikka ega boʻlgan Nilufar Kamolova “Gʼayrat Ekvatorial Chodak” masʼuliyati cheklangan jamiyatining toʻlaqonli ishchisiga aylandi.

16:11 22 Iyul 2022
Samarqandda Butunjahon jamiyatining “Oʻzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi boʻlib oʻtmoqda

Shu bilan bir qatorda Samarqand shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Oʻzbekiston madaniy merosi zamonaviy ilm-fan diqqatida” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya ham oʻtkazilmoqda.

16:04 22 Iyul 2022
Sirdaryolik kelin sepiga 400 ta kitobini ham qoʻshdi

Boyovutlik faol yoshlardan biri kelinlik sepiga oʻzining shaxsiy kutubxonasini ham qoʻshdi.

15:57 22 Iyul 2022
Samarqandda 5G tarmogʻini sinovdan oʻtkazish boshlandi

Samarqanddagi “Silk Road Samarqand” turistik markazida 5G tarmogʻi sinovdan oʻtkazilayotgani maʼlum qilindi.

15:50 22 Iyul 2022
Attestatsiyada qatnashgan 20 mingdan ortiq pedagog “Mutaxassis lavozimiga muvofiq emas” deb topildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Shavkat Xoʻjaqulov maʼlum qildi.

15:42 22 Iyul 2022
Furqat tumanida ichki yoʻllarga sement-beton qoplamalari yotqizilmoqda

Yoʻl-transport infratuzilmasini, mahallalardagi ichki yoʻllar holatini yaxshilash va ulardan foydalanish sifatini oshirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ustuvor vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.

15:41 22 Iyul 2022
Koronavirus: kecha yurtimizda yana 68 nafar kishida kasallik aniqlandi

2022-yil 21-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 242570 (+68) nafarni tashkil etmoqda.

15:36 22 Iyul 2022
Samarqandda kartoshkaning super elita navi yaratiladi

Kelgusi yildan kartoshka import qilinmaydi. Shu paytgacha 400-500 tonna import qilingan.

15:32 22 Iyul 2022
Endi oqova suv ham behuda ketmaydi

Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida 37 mlrd. soʻmlik loyiha asosida oqova suvni tozalash inshooti barpo etilmoqda. Hozirda qurilish ishlari yakunlanayotgan loyihaga koʻra, tumandagi oqova suvlar ushbu inshootda toʻplanib, 4 bosqichda qayta ishlanadi.

15:25 22 Iyul 2022
Draupadi Murmur Hindistonning 15-prezidenti etib saylandi

Droupadi Murmur 64.03 foiz ovoz bilan saylovda gʻalaba qozondi.

15:20 22 Iyul 2022
Kasaba uyushmasi noqonuniy ishdan boʻshatilgan xodimni himoya qila oladimi? Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan xodimlarning mehnat huquqlarini himoyalash, huquq buzilish holatlarining oldini olish, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yil olti oyida viloyat Kengashiga jami 127 ta, shundan 113 ta yozma va 10 ogʻzaki, 4 ta elektron murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 37 foizi boʻyicha talablar qanoatlantirilib, 84 nafar fuqarolarning huquqlari tiklandi. 60 ta murojaat boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi. Xodimlar huquqlarini himoya qilishni koʻzlab ish beruvchilarga qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida 22 ta taqdimnoma kiritilib, 14 tasi qanoatlantirildi, 5 tasi rad qilindi, Uchtasi hozirda ish beruvchilar tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Oʻz navbatida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga kiritilgan 8 ta daʼvo arizasining 5 tasi qanoatlantirildi, 2 tasi rad etildi, 1 ta daʼvo arizasi sud tomonidan oʻrganilyapti. Murojaatlar bilan ishlash natijasida xodimlarga qariyb 250 million soʻm miqdorida majburiy progul kunlari uchun ish haqlari, oʻz muddatida toʻlanmagan ish haqlari va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun toʻlovlar undirib berildi. — Murojaatlarni koʻrib chiqish natijasiga koʻra, 84 nafar shaxsning mehnat qonunchiligi yuzasidan ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari tiklanib, qonuniy manfaatlari himoyasi taʼminlandi,— deydi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev. Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining 2022-yil 21-fevral kungi buyrugʻi bilan Margʻilon shahridagi 21-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori lavozimida ishlayotgan Asror Kazimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Ish beruvchining buyrugʻi amaldagi mehnat qonunchiligi talablariga zidligi bois A.Kazimovni ishga tiklash haqida sudga murojaat qilindi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat apellatsiya sudlov hayʼatining 2022-yil 24-may kungi qarori bilan A. Kazimov oʻzi ishlagan maktab direktori lavozimiga ishga tiklanib, yigirma yetti million soʻm majburiy bekor yurgan kunlari uchun oʻrtacha ish haqi hamda besh million soʻm maʼnaviy zarar undirib berildi. «Quvasoysement» AJ ishchi-xodimlari 2021-yil uchun ish haqi va jamoa shartnomasida belgilangan toʻlovlar jamiyat tomonidan oʻz vaqtida toʻlamaganligi sababli ushbu toʻlovlarni undirib berishga amaliy yordam soʻrab murojaat qilishdi. Murojaat oʻrganilib, ishchi-xodimlar manfaatini koʻzlab sudga ish oshirildi. Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining 2022-yil 7-aprel kungi hal qiluv qarori bilan fuqarolar Gulnoza Isomiddinova, Usmon Ahmadjonov, Shahrixon Yusupova, Nafisa Mahkamova, Nazira Abduvaliyevaga ish haqi shaklidagi toʻlovlar undiriladigan boʻldi, 1 ming 170 nafar ishchi-xodimlarining oyliklarini toʻlash haqida «Quvasoysement» aksionerlik jamiyatiga xususiy ajrim chiqarildi. «Asakabank» AJ Fargʻona viloyat filialining 2022-yil 5-yanvardagi buyrugʻiga koʻra Nargiza Shakirova bilan tuzilgan mehnat shaptnomasi bekor qilingan edi. Kasaba uyushmasi aralashuvi bilan fuqarolik ishlari boʻyicha apellatsiya sudlov xayʼatining 2022-yil 7-iyul kungi qarori koʻra, N. Shakirova oʻz lavozimiga ishga tiklandi va oʻttiz million soʻm majburiy progul kunlari uchun oʻrtacha ish haqi toʻlovlari undirib berildi. Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan xodimlarning mehnat huquqlarini himoyalash, huquq buzilish holatlarining oldini olish, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

15:07 22 Iyul 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер