Samarqandda 5G tarmogʻini sinovdan oʻtkazish boshlandi

15:50 22 Iyul 2022 Jamiyat
527 0

Foto: Illustrativ foto

Samarqanddagi “Silk Road Samarqand” turistik markazida 5G tarmogʻi sinovdan oʻtkazilayotgani maʼlum qilindi.

Bu haqda AKT vaziri Sherzod Shermatov internet tezligi — 896 Mbit/s boʻlgan skrinshotlar bilan boʻlishdi.

«Samarqand turizm markazida 5G tarmogʻini test qilishni boshladik (tezligini skrinlarda koʻrsa boʻladi). Ushbu markaz nafaqat xalqaro tadbirlar oʻtkaziladigan va turistlar yaxshi dam oladigan joy boʻlmoqda, balki Oʻzbekistonda birinchi marotaba barcha mobil aloqa operatorlar hamkorlikda antenna infratuzilmasini bitta machtada koʻtarib, binolar ichida ham Active DAS tizimini hamkorlikda ishlatib, yuqori tezlikdagi sifatli xizmatlar koʻrsatishlariga imkon yaratilmoqda», — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер