Endi oqova suv ham behuda ketmaydi
Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanida 37 mlrd. soʻmlik loyiha asosida oqova suvni tozalash inshooti barpo etilmoqda. Hozirda qurilish ishlari yakunlanayotgan loyihaga koʻra, tumandagi oqova suvlar ushbu inshootda toʻplanib, 4 bosqichda qayta ishlanadi.

— Bunda kimyoviy va texnik omillar orqali oqova suvdan oqin suv ajratib olinadi, — deydi “Andijon suv taʼminoti” MCHJ Qoʻrgʻontepa tuman filiali rahbari Qobiljon Qoʻchqorov. — Oqin suv qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda ishlatilsa, undan ajrab chiqqan chiqindi minerallashtirilgan holda fermer xoʻjaliklariga ekinlar uchun ozuqa tariqasida yetkazib beriladi.
Yangi inshoot 3 ming kub hajmdagi oqova suvni qabul qilib, uni qayta ishlash orqali yana faoliyatga yoʻnaltiradi. Loyihaga muvofiq bu yerda 30 ta ish oʻrni yaratiladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring