Draupadi Murmur Hindistonning 15-prezidenti etib saylandi
Foto: Deutsche Welle
Droupadi Murmur 64.03 foiz ovoz bilan saylovda gʻalaba qozondi. Amaldagi prezident Ram Nat Sinkhning vakolat muddati 25-iyul kuni tugaydi. Shu kunda Droupadi Murmur prezidentlik lavozimiga kirishadi.
Droupadi Murmur nomzodini «Bharatiya Janata Party» partiyasi Milliy Demokratik Alyansdan ilgari surdi. D.Murmur nomzodini mamlakatning bir nechta muxolif partiyalari ham qoʻllab-quvvatlaganligi uning saylovlardagi gʻalabasini taʼminladi.
D.Murmur 1958-yil 20-iyunda Odisha shtatida tugʻilgan. 3 farzandning onasi. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi oʻqituvchi. Siyosiy maydonga Odisha shtati Qonunchilik Assambleyasi aʼzosi sifatida 2000-yillarda kirib kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring