Oʻzbekiston “Tinchliksevarlik global indeksi”da yuqoriladi
Foto: Illustrativ foto
Global Peace Index 2022 reytingida Oʻzbekiston 7 pogʻonaga yuqorilab, 163 davlat orasida 86-oʻrinni egalladi. Hisobotga koʻra, Oʻzbekiston «Rossiya va Yevroosiyo» guruhida eng katta yaxshilanishni koʻrsatdi – 1,5 foiz.
Qoʻshni mamlakatlar orasida Qozogʻiston 97-oʻrinda (-29), Qirgʻiziston 91-oʻrinda (-21), Tojikiston 92-oʻrinda (+6), Turkmaniston 104-oʻrinda (+5) joylashgan.
Eng tinchliksevar davlatlar deb Islandiya, Yangi Zelandiya va Irlandiya topildi. Indeksi eng past boʻlib turgan mamlakatlar: Afgʻoniston, Yaman, Suriya, Rossiya va Janubiy Sudan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring