All

Fanlar akademiyasiga yangi aʼzolar, bir guruh olimlarga yuksak mukofotlar topshirildi

Mamlakatimizda Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80-yilligiga bagʻishlangan yubiley tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

14:01 24 Dekabr 2023
Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

24-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

13:32 24 Dekabr 2023
Kuchli chang boʻroni sababli Buxoro aeroportida samolyotlarni qabul qilish cheklandi

Noqulay ob-havo sharoiti – kuchli chang boʻroni, koʻrish masofasining 500m gacha pasayishi sababli “Buxoro” aeroportida soat 11:40 gacha havo kemalarini qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

13:05 24 Dekabr 2023
Berlin davlat kutubxonasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi F. Halimov Germaniyaga xizmat safari jarayonida Berlin davlat kutubxonasida boʻldi. Kutubxona rahbariyati va ilmiy xodimlariga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi haqida batafsil axborot berildi.

22:43 23 Dekabr 2023
Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi, Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

22:38 23 Dekabr 2023
“Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Madina yoʻnalishi boʻyicha parvozlari 12 soatdan koʻproqqa kechiktirildi

Aviakompaniya yoʻlovchilarni ichimliklar va issiq ovqat bilan taʼminlab, mehmonxonada joylashtirishni taklif qildi.

22:36 23 Dekabr 2023
Korrupsiyadan xoli jamiyat qurish yoʻlida

Qadimdan hokimiyat va korrupsiya oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlib kelgan. Insoniyat tarixida davlatchilik taraqqiyoti bilan parallel ravishda korrupsiya ham rivojlanib boravergan. Hatto buyuk Rim saltanatining inqirozga yuz tutishi sabablaridan biri ham aynan shu qusur sabab boʻlgan. “Korrupsiya” soʻzi lotin tilidan olingan...

22:14 23 Dekabr 2023
Oʻzbekistonda 24-dekabr kuni havo harorati 20 daraja iliq boʻladi

“Oʻzgidromet” 24-dekabr, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

21:45 23 Dekabr 2023
2024-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezident farmonga koʻra, 2024-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi.

21:30 23 Dekabr 2023
“Debyut” kinofestivalining yopilish marosimi boʻlib oʻtadi

Festival Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinoarboblar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.

21:20 23 Dekabr 2023
Taniqli rejissyor Prezident administratsiyasiga ishga oʻtdi

U rejissyor sifatida “Islomxoʻja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.

21:18 23 Dekabr 2023
“Mass-media” fondi Vasiylik kengashi raisi Prezident administratsiyasiga oʻtdi

Bu boʻyicha Prezidentning farmoyishi eʼlon qilingan.

21:17 23 Dekabr 2023
Navoiyda Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari uchun hokim ustamasi joriy etiladi

Xususan, kelgusi yilda viloyatda “Hokim kubogi” uchun erkaklar va ayollar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etiladi.

21:14 23 Dekabr 2023
Kuvayt bozorida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan milliy liboslarga qiziqish ortmoqda

Oʻzbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida “Gulf Mysore general trading company W.L.L” kompaniyasi ijrochi direktori Anupam Jayn bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

21:12 23 Dekabr 2023
Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik faollashmoqda

Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Hindistonning Andhra Pradesh shtatida joylashgan “SRM University“ oliy taʼlim muassasasining xalqaro aloqalar departamenti direktori Aditi Jain bilan muzokaralar oʻtkazdi.

21:09 23 Dekabr 2023
Talabalar uchun qoʻshimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda

Qatnovlar Toshkent – Qarshi, Toshkent – Shahrisabz, Toshkent – Qorako‘l, Toshkent – Mirbozor, Toshkent – Termiz, Toshkent – Uzun, Toshkent – Denov yoʻnalishlarida bajarilmoqda.

19:47 23 Dekabr 2023
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida

Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони

19:35 23 Dekabr 2023
“Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari gʻoliblari aniqlandi

Joriy yilning 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Anjumanlar saroyida “Yil ayoli” hamda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarining Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

19:09 23 Dekabr 2023
25-dekabrdan Yunusobod va Turkiston metro bekatlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Xabaringiz bor, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida, Yunusobod hamda Turkiston metro bekatlari 4 oy muddatga yopilgan edi.

19:05 23 Dekabr 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер