Kuvayt bozorida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan milliy liboslarga qiziqish ortmoqda

21:12 23 Dekabr 2023 Jamiyat
677 0

Oʻzbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida “Gulf Mysore general trading company W.L.L” kompaniyasi ijrochi direktori Anupam Jayn bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport hajmini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida suhbatdoshga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlar, oʻzbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Anupam Jayn oʻz navbatida, kompaniyaning Kuvaytda bir necha savdo tarmoqlari mavjudligini taʼkidladi.

— Biz Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida joriy yilning oktyabr noyabr oylarida Oʻzbekistondan umumiy qiymati 15 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 500 dona kashta va soʻzana kabi milliy liboslarni import qildik, — dedi u. — Hozirgi kunda paxta va ipakdan tayyorlangan 5000 dona tayyor kiyimlarni xarid qilish ustida ishlayapmiz. Mazkur xaridni amalga uchun kelgusi yil yanvar oyida Oʻzbekistonga borishni rejalashtiryapmiz.

“Gulf Mysore general trading company W.L.L” kompaniyasi ijrochi direktori, shuningdek, Oʻzbekistondagi fabrika va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni yoʻlga quyish uchun muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер