Navoiyda Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari uchun hokim ustamasi joriy etiladi
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov yoshlar bilan uchrashar ekan, ko‘rsatkich va erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar xususida fikr yuritib, Navoiy viloyatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish rahbarlarning birinchi darajali vazifasi ekanligini ta’kidladi.
Xususan, kelgusi yilda viloyatda “Hokim kubogi” uchun erkaklar va ayollar o‘rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etiladi.
2024-yilda viloyatda yoshlarni xorijiy tillarga qiziqtirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xalqaro imtihon tizimlarida yuqori (7,5 va undan yuqori) natijaga erishgan 3-4 kurs talabalarining 30 nafari “Viloyat hokimi stipendiyasi” bilan rag‘batlantiriladi.
Mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga “oylik maoshining 50 foizi” miqdorida “Hokim ustamasi” joriy etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring