2024-yilda qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi
Prezident farmonga koʻra, 2024-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):
— 22-mart – juma;
— 11-aprel – payshanba;
— 18-iyun – seshanba;
— 3-sentyabr – seshanba;
— 31-dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
— 2-yanvar – seshanba;
— 23-mart – shanba;
— 12-aprel – juma;
— 31-avgust – shanba;
— 30-dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchiriladi:
— 6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
— 13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
— 14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring