Taniqli rejissyor Prezident administratsiyasiga ishga oʻtdi
Axmedov Jahongir Odilxoʻjayevich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish shoʻbasi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi. Tayinlov Prezident farmoyishiga muvofiq amalga oshirilgan.
Axmedov tayinlovga qadar Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori lavozimlarida ishlab kelgan.
U rejissyor sifatida “Islomxoʻja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring