Hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilmoqda

Yig‘ilishda hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilayotgani ta’kidlandi. Lekin, hech bir tuman hokimi bu borada aytarli ish qilmayotgani tanqid qilindi.

18:42 09.11.2023
Oʻzbekistonda 10-noyabr kuni havo harorati 22 daraja iliq boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi

“Oʻzgidromet” 10-noyabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

18:29 09.11.2023
2024 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilindi

Bu yilgi paxta hosilini to‘liq qayta ishlash natijasida 2024 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilindi.

18:25 09.11.2023
Yig‘ilishda ayrim klaster va fermerlar o‘rtasida hisob-kitob intizomi buzilgani qayd etildi.

20 ta klasterda hisob-kitoblar joyida bo‘lsa, 122 ta klasterning Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi oldida qarzdorligi bor, 27 ta klaster esa fermerlarga 2022 yil paxta hosilidan tegishli mablag‘larni to‘lab bermagan. Shu kabi, fermerlarning ham klasterlar oldida qarzdorligi bor.

18:20 09.11.2023
Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati ko‘rib chiqildi.

Bu yil 41 ta klasterda hosildorlik 40 syentnerdan oshgan bo‘lsa, 9 tasida 30 syentnerdan kamligi ko‘rsatib o‘tildi.

18:01 09.11.2023
Italiya Prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella 9-11 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

18:00 09.11.2023
Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida hosildorlik, daromad, ish o‘rni va investisiyalarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

17:50 09.11.2023
Rejep Tayyip Erdog‘anning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning Toshkentga qilgan tashrifi yakunlandi va o‘z mamlakatlariga jo‘nab ketdi.

17:33 09.11.2023
Oʻzbekiston Prezidenti raisligida IHTning navbatdagi sammiti boʻlib oʻtdi

9-noyabr kuni Toshkent shahrida “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” shiori ostida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti boʻlib oʻtdi.

17:04 09.11.2023
Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.

16:31 09.11.2023
“Eng fidoyi ustoz” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

“Uzbekistan GTL” zavodida “Eng fidoyi ustoz” tanlovi gʻoliblarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

16:31 09.11.2023
Emomali Rahmon Tojikistonga jo‘nab ketdi

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon mamlakatimizga tashrifini yakunladi.

16:22 09.11.2023
Choʻl bagʻridagi noyob javohir

“Oʻzbekneftegaz” AJ tashabbusi bilan bir guruh OAV vakillari ishtirokida mazkur gigant korxonaga press-tur uyushtirildi.

15:44 09.11.2023
Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga oʻtish maskanlarida elektron darvozadan foydalanilmoqda

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Respublikalari oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar yanada mustahkamlanmoqda.

15:24 09.11.2023
Samarqand viloyatida “tez yordam” mashinalari zamonaviylariga almashtirilmoqda

Maʼlumki, bugungi kunda viloyatdagi “103” xizmatida eskirgan avtoulovlar bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirilmoqda.

15:08 09.11.2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер