2024 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilindi

18:25 09 Noyabr 2023 Iqtisodiyot
229 0

Bu yilgi paxta hosilini to‘liq qayta ishlash natijasida 2024 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 9,6 milliard dollarga, eksportni esa 4,5 milliard dollarga yetkazish hisob-kitob qilindi.

Buning uchun gazlama-mato, bo‘yash va tikuvchilik bo‘yicha yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratib beriladi:

- bo‘yalgan matoni 50 foizdan kam bo‘lmagan qismini ichki bozorga sotgan korxonalar ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘laydi, ularga mol-mulk solig‘ini 3 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

- 2025 yil 1 yanvarga qadar paxta va sun’iy tolani import qilishda transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;

- to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uchun zarur texnologik uskunalar va ularning ehtiyot qismlarini import qilishda ular bojxona bojidan ozod qilinadi.

Yuqorichirchiqda gazlama ishlab chiqarish va bo‘yoqxonalar tashkil qilish,  Qoraqalpog‘istonda sun’iy tola, gazlama-mato ishlab chiqarish va bo‘yoqxona tashkil etish bo‘yicha loyihalar boshlangan. Ushbu korxonalar kelgusi yil ishga tushirilib, tadbirkorlarga sanoat ipotekasi asosida beriladi.

Hududlar rahbarlariga shunday yirik loyihalarni amalga oshirish hisob-kitob qilishga ko‘rsatma berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер