Emomali Rahmon Tojikistonga jo‘nab ketdi
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon mamlakatimizga tashrifini yakunladi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, sammit doirasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring