Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va chuqurlashgan strategik sheriklik izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti va boshqa xalqaro tadbirlar bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring