Hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilmoqda
Yig‘ilishda hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilayotgani ta’kidlandi. Lekin, hech bir tuman hokimi bu borada aytarli ish qilmayotgani tanqid qilindi.
Xususiy investisiyalarni jalb qilib, yaroqsiz bog‘ va tokzorlar o‘rnida yangi intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish muhimligi ta’kidlandi.
Kelgusi yildan boshlab bog‘ va tokzorlarga hosildorligi va tushumiga qarab tabaqalashgan yer solig‘i stavkalari joriy qilinadi.
Davlat korxonalari balansidagi nosohaviy bog‘ va tokzorlarni tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi.
Tomorqalarda ertaki va takroriy ekinlar maydonini 1 million 61 ming gektarga yetkazib, 500 ming aholini band qilishi zarur.
Tomorqa egalariga zarur mini texnika uchun bojxona imtiyozlarini 2027 yilgacha uzaytirish belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring