Samarqand viloyatida “tez yordam” mashinalari zamonaviylariga almashtirilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand filialining barcha stansiyalariga navbatdagi 20 dona “A” toifali “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalari topshirildi.
Mazkur zamonaviy avtotransport vositalari Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda “Jizzakh Auto” oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq keltirilgan boʻlib, ularni tibbiyot xodimlari kuni arafasida munosib sovgʻa boʻldi deyish mumkin. Bugun “103” xizmati stansiyalari masʼullari avtomashinalarni qabul qilib oldi.
Maʼlumki, bugungi kunda viloyatdagi “103” xizmatida eskirgan avtoulovlar bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirilmoqda.
Oxirgi besh yil davomida viloyatda 100 ta mashina yangisiga almashtirildi. Yil yakuniga qadar yana 30 ta ana shunday transport vositasi keltirilishi koʻzda tutilgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring