Zominda ehtiyojmand oilalar farzandlarining sunnat toʻyi oʻtkazildi

16:07 24 Mart 2022 Jamiyat
1170 0

Foto: Zomin tumani hokimligi Axborot xizmati

Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Osiyo” tantanalar majmuasida tuman hokimligi tashabbusi bilan 20 nafar ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” roʻyxatidagi oilalar farzandlarining sunnat toʻyi boʻlib oʻtdi.

Toʻy bolalarning har biriga homiylar tomonidan kiyim-kechak, velosiped va boshqa esdalik sovgʻalari topshirildi. Tadbirda hozir boʻlgan nuroniylar el-yurtga tinchlik-xotirjamlik, Vatan obodligi, xalqimiz farovonligini tilab, duoga qoʻl ochdilar.

Tadbirda “Zomin sayqali” folklor-etnografik ansambli, tuman madaniyat markazi qoshidagi badiiy jamoalar, havaskor sanʼatkor va iqtidorli yoshlar ijrosida, bahor, Navroʻz, bolalikni madh etuvchi qoʻshiqlar va jozibali raqslar toʻy ishtirokchilariga yanada qoʻtarinkilik baxsh etdi.

Tolibjon ERGASHEV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер