Zominda ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin boʻlganligi haqidagi xabarlar yolgʻon boʻlib chiqdi
Foto: Myseldon.com
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumani hududida ayiq ikki nafar fuqaroning umriga zomin boʻlganligi hamda ayiq ovchilar tomonidan oʻldirilganligi haqida xabar yolgʻon boʻlib chiqdi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan tezkor oʻrganilgan ushbu holat aslida Rossiya Federatsiyasining Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlganligi aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.
Davlat ekologiya qoʻmitasi yurtdoshlarimizdan bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yolgʻon xabarlar tarqatish javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring