Zoyir Mirzayevga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Arxiv surat
Bugun, 22-fevral kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Dolli Hakimovich Allayev viloyat hokimining oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
Dolli Hakimovich shu paytgacha Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib oʻtamiz, prezidentning 2020-yil 18-fevraldagi farmoni asosida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring