“ZIYO CUP” — turnirning 45 mln. soʻmlik jamgʻarmasi kimlarga nasib etdi?
9-11-noyabr kunlari poytaxtimizdagi “CYBERIUM GAME CLUB” binosida “ZIYO FORUM” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi tomonidan talaba yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kibersport oʻyinlariga jalb qilish maqsadida kibersportning “CS:2» yoʻnalishi boʻyicha mukofot jamgʻarmasi 45 000 000 soʻm boʻlgan “ZIYO CUP” turnirini boʻlib oʻtdi.
Turnir poytaxtning 38 ta xususiy hamda xorijiy Oliy taʼlim muassasasi talabalari oʻrtasida tashkillashtirildi va saralash oʻyinlarida 300 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.
Shiddatli va murosasiz kurashlarga boy oʻtgan turnirning “CS:2» yoʻnalishida Toshkentdagi Vebster universiteti talabalariga teng keladigani topilmadi. 2 oʻrinni Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiyalar instituti talabalari egallagan boʻlsa, 3 va 4 oʻrinlar esa Millat Umidi universiteti hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalariga nasib etdi.
Musobaqaning final bosqichida ishtirokchilarga ilhom bagʻishlash maqsadida qiziqarli koʻngilochar dastur namoyish etildi. Gʻoliblarga homiylar tomonidan sovgʻalar taqdim etildi.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring