Zilzila oqibatida Turkiya iqtisodiyotiga yetgan zarar 84 milliard dollardan oshishi mumkin

22:12 12 Fevral 2023 Dunyo
1184 0

Foto: Reuters

Turkiyadagi zilzilalar mamlakat iqtisodiyotiga 84 milliard dollari yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10 foizi miqdorida zarar yetgan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi Tadbirkorlar konfederatsiyasi va respublika ishbilarmon doiralari vakillarining hisob-kitoblariga asoslanib xabar bermoqda.

Ishbilarmonlar guruhi maʼlumotlariga koʻra, Turkiyada turar-joy binolariga yetkazilgan zarar 70,8 milliard dollarni tashkil etgan. Zilzilalar oqibatlari ham mamlakat byudjeti daromadlarining 10,4 milliard dollarga kamayishiga olib keladi, mehnat yoʻqotishlari esa Turkiya iqtisodiyotiga 2,9 milliard dollarga tushadi.

“Bloomberg” materialida qayd etilishicha, konfederatsiya baholari boshqa iqtisodchilarnikidan yuqori. Koʻplab ekspertlar ham hozir falokatning yakuniy oqibatlari haqida gapirishga erta ekani aytishmoqda.

Turkiyada 6-fevral kuni tongda Qahramanmarash viloyati hududida 7,7 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Maʼlum qilinishicha, bu 1939-yildan beri mamlakat hududida yuz bergan eng kuchli yer silkinishi hisoblanadi. Keyin yana 1891 ta yer silkinishi qayd etilgan.

Tabiiy ofat taʼsiri Suriyaning bir qancha mintaqalari, shuningdek, Livan, Iroq va Kiprda ham sezildi. Bu davlatlar ichida eng katta talafot Suriyada kuzatildi. 

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishlari oqibatida jami 33 ming nafardan ortiq odam hayotdan koʻz yumgan. Shundan 3,5 ming nafardan ortigʻi Suriya hududida qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер