Zidan “Real” bosh murabbiyligidan ketdi
Madridning “Real” futbol klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda u bugun, klub qarorgohida tashkil qilingan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
45 yoshli mutaxassis klubni 2015/16 yilgi mavsum o‘rtasida qabul qilib olgan va o‘tgan uch yil davomida uch marotaba Yevropa chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.
Uning boshchilgida “Real” Ispaniya chempionati, mamlakat Superkubogida g‘alaba qozondi. Ikki marta Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchdi.
Umuman olganda “Real” Zidan bosh murabbiylikni qo‘lga olganidan buyon jami 9ta musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring