JSST koronavirusning ogʻir shaklini davolash boʻyicha yangi tavsiya berdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bir qator tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda koronavirusning ogʻir shaklini boshdan oʻtkazayotgan bemorlarni davolashda kortikosteroidlardan foydalanishni tavsiya qildi.
“Biz kortikosteroidlarni “Covid-19”ning jiddiy va ogʻir shakliga chalingan bemorlarni davolash jarayonida muntazam ravishda foydalanishni tavsiya etamiz”, deyiladi JSST rasmiy saytida berilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, mazkur terapiya kasallikni yengil shaklda oʻtkazayotgan bemorlar uchun tavsiya etilmaydi.
Avvalroq JSST kortikosteroid deksametazondan foydalanish yangi koronavirus sabab yuzaga kelgan xastalikka chalingan bemorlar orasida oʻlim koʻrsatkichini kamaytirishi aniqlangan Buyuk Britaniyaning “Recovery” klinik tadqiqoti natijalarini “ilmiy yutuq” deb atagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring