JSST dunyoni yangi pandemiyaga tayyorgarlik koʻrishga chaqirmoqda

16:32 06 Noyabr 2020 Dunyo
1198 0

Fotо: Getty Images

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) insoniyatni yangi pandemiyaga tayyorlanishga chaqirmoqda.

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining 73 yillik sessiyasi arafasida tarqalgan bayonotida aks etgan.

Unda taʼkidlanishicha, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrish nuqtayi nazaridan mustahkam sogʻliqni saqlash infratuzilmasi boʻlgan mamlakatlar koronavirus tarqalishini oldini olish va nazorat qilish boʻyicha oldinga qoʻyilgan vazifalarni tezda amalda tatbiq etishgan.

“Koʻplab mamlakatlar va shaharlar keng qamrovli hamda dalillarga asoslangan yondashuv bilan infeksiya tarqalishining oldini olishga va nazorat qilishga muvaffaqiyat boʻlishdi”, deyiladi bayonotda.

Hujjatda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarga yaxshiroq tayyorgarlikni birinchi oʻringa qoʻyish zarurligi hamda tibbiyot xodimlarini “munosib ragʻbatlantirish” bilan taʼminlash muhimligi alohida taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasining navbatdagi sessiyasi 9-14-noyabr kunlari telekonferensiya shaklida boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер