JSST: Dunyoda koronavirusga chalinish koʻrsatkichi 17 foizga kamaydi
Oʻtgan hafta dunyoda koronavirus pandemiyasi yana bir qadam ortga chekindi. Bu soʻnggi oylarda sayyoramizda SOVID-19 bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat barqarorlashayotganini anglatadi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi bayonotiga koʻra, 24-30-oktyabr kunlari Yer yuzida 2,3 milliondan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qoʻyildi. Ulardan 9,3 ming nafardan ziyodi xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Xoʻsh, bu koʻpmi yo kam?
Tahlillarga koʻra, bu davrda xastalanish holatlari undan avvalgi haftaga nisbatan 17 foizga kamaygan. Xususan, sezilarli pasayish dinamikasi Afrika (-39 foiz) va Yevropa (-34 foiz) mamlakatlarida qayd etildi. Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi davlatlarida esa koʻrsatkichlar 5 foiz oʻsishi kuzatildi.
Shuningdek, oʻtgan haftada COVID-19 dan oʻlim statistikasi 5 foizga kamaydi. Bu holat asosan Yevropa (-31 foiz) va Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida (-15 foiz) roʻyxatga olindi. Afrika (+55 foiz), Amerika (+23 foiz), Janubi-Sharqiy Osiyo (+13 foiz) mintaqasida esa buning aksi qayd etildi.
24-30-oktyabr kunlari eng koʻp bemorlar roʻyxatga olingan mamlakatlar:
— Germaniya — 346 672,
— Yaponiya — 281 974,
— AQSH — 259 066,
— Xitoy — 257 994,
— Janubiy Koreya — 241 465.
Shuningdek, kasallikdan quyidagi mamlakatlarda eng koʻp bemor vafot etdi:
— AQSH — 3187,
— Rossiya — 567,
— Italiya — 559,
— Braziliya — 553,
— Xitoy — 489.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring