JSST: Dunyoda koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari 95 foizga kamaydi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus joriy yil boshidan buyon COVID-19 qurbonlari soni 95 foizga kamayganini maʼlum qildi.
Shuningdek, u virus hali ham xavfli ekanligi va odamlar oʻlimiga sabab boʻlishda davom etayotganidan ogohlantirdi.
“Infeksiya oqibatida hayotdan koʻz yumayotganlar soni muttasil kamayib borayotganidan xursandmiz, — deydi JSST rahbari. — Biroq “omikron”ning oʻta yuqumli XBB.1.16 varianti paydo boʻlishi virus hamon mutatsiyaga uchrayotgani hamda u kasallinish va oʻlim holatlarining yangi toʻlqinini yuzaga keltirishi mumkinligini koʻrsatyapti”.
Shuningdek, T. Gebreyesus shu yil koronavirus pandemiyasi bekor qilinishi kutilayotganini eslatib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring