JSST COVID-19 tez tarqalayotgan davlatlar haqida maʼlumot berdi

09:04 29 Iyun 2020 Dunyo
882 0

Yevropada karantin cheklovlarini yengillashtirgan 30 ta davlatda koronavirusga chalinish holatlari koʻpaygan. Bu haqda yaqinda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, “bunday oʻsish oxirgi oylarda ilk bor kuzatilyapti”. Ushbu mintaqada virusni yuqtirish bilan bogʻliq yangi holatlar 20 mingtaga yaqinlashgan, bir kunda 700 tagacha oʻlim holati qayd etilyapti.

“Yevropaning bir qator davlatlarida bu xatar haqiqatga aylandi. 30 ta davlatda oxirgi ikki haftada yangi holatlar soni koʻpaygan. Bu davlatlarning 11 tasida yuqish surʼatlarining tezlashgani ikkinchi toʻlqinga olib keldi. Agar u toʻxtatilmasa, sogʻliqni saqlash tizimi yana murakkab ahvolga tushib qoladi”, — degan Klyuge.

Bi-bi-si maʼlumotlariga koʻra, JSST mazkur mamlakatlarga keyinchalik aniqlik kiritgan. Infeksiya katta tezlikda tarqalayotgan davlatlar orasidan Armaniston, Shvetsiya, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Ozarbayjon, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Ukraina va Kosovo qatori Markaziy Osiyodagi Qozogʻiston hamda Qirgʻiziston ham kiritilgan.

Oʻz navbatida Klyuge Polsha, Germaniya, Ispaniya va Isroilni COVID-19 tarqalishiga qarshi tezkorlik bilan javob qaytargani uchun eʼtirof etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер