JSST “COVID-19” oʻlim holatlari ortib borayotgani sababli dunyo davlatlarini ehtiyot boʻlishga chaqirdi

01:18 02 Fevral 2022 Dunyo
848 0

Foto: Reuters

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari “COVID-19” tufayli joriy etilgan barcha cheklovlarni zudlik bilan olib tashlashga hali ertaligini maʼlum qilib, bu borada ehtiyot boʻlishga chaqirdi. 

«Biz ehtiyot boʻlishga chaqiramiz, chunki aksariyat mamlakatlar «Omikron» pandemiyasining choʻqqisidan oʻta olmadi. Ayrim davlatlarda emlash darajasi juda past. Shuning uchun hozirda barcha koronavirus cheklovlarini birdaniga olib tashlash vaqti emas», deydi JSST Favqulodda kasalliklar boʻlimi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove.

Uning taʼkidlashicha, cheklovlarni olib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda davlatlar aholi oʻrtasidagi emlash darajasi, shuningdek, mavjud epidemiologik vaziyatni hisobga olishlari kerak.

Avvalroq JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus «Omikron» shtammi dunyoda tez tarqalayotgani va oʻlim koʻpayishiga sabab boʻlayotganini maʼlum qilgandi.

«Omikron» birinchi marta 10 hafta oldin aniqlanganidan beri JSSTga 90 millionga yaqin infeksiya haqida xabar berilgan. Bu butun 2020-yilda aniqlangan holatlardan ham koʻp», degan edi JSST rahbari.

Uning soʻzlariga koʻra, sayyoramizning barcha mintaqasida oʻlim holatlari soni ortgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер