Joriy yilning shu davriga qadar korrupsion holatlar boʻyicha 71 ta murojaat kelib tushgan

15:59 05 Dekabr 2023 Jamiyat
321 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmalari tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 35 ta holatda xizmat tekshiruvlari oʻtkazilgan. Shu jumladan:

25 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.

10 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.

2 ta holatda jarima jazosi tayinlangan.

2 ta holatda tarkibida jinoyat alomatlari mavjudligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga maʼlumotlar yuborilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va unga murosasiz munosabatni shakllantirish boʻyicha joylarda 450 ta targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilgan.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi sohasida qonunbuzarlik va korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, mehnat.uz sayti orqali “onlayn maslahatchi”ga yoki 71-203-01-59 raqamli “Ishonch telefoni” orqali bevosita murojaat qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер