Joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida 2 mingdan ortiq voyaga yetmagan bolalar jinoyatdan jabrlangan
Joriy yilning dastlabki 6 oyi mobaynida ikki mingdan ortiq voyaga yetmagan bolalar jinoyat oqibatida jabrlangan. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Telegram-kanalida maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 6 oyi davomida jami 2 ming 97 nafar voyaga yetmagan bolalar jinoyatdan jabrlangan. Zoʻravonlikdan himoya soʻrab murojaat qilgan 225 nafar voyaga yetmagan bola davlat himoyasiga olinib, ularga himoya orderi rasmiylashtirilgan.
“Ijtimoiy himoya milliy agentligi vakolatli tashkilot sifatida har bir holatni nazoratga oladi. Bola himoyasini taʼminlash bilan birga, unga psixologik, huquqiy va tibbiy yordam koʻrsatadi, oilasi bilan kompleks ish olib boradi. Biz nafaqat bolani himoya qilamiz — balki uning holatini tiklashga harakat qilamiz”, — deyiladi agentlik xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring