Joriy yilning 1-iyul holatiga koʻra kadastr bazasida hisobga olingan koʻchmas mulk obyektlari soni 8 263,6 mingtani tashkil etadi

13:35 01 Oktyabr 2023 Jamiyat
370 0

AOKAda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida Kadastr agentligi tizimida 2023-yilning oʻtgan olti oyidagi amalga oshirilgan ishlar sarhisobi haqida maʼlumot berildi.

Amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati natijasida 6 213 ta holatda 2 391 gektar yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun kadastr idoralari va qurilish boʻlimlari tomonidan 20 045 ta 1 992,8 gektar yer uchastkalari “Yerelektron”tizimiga kiritildi.

Kadastr idoralari tomonidan joriy yilning shu kunga qadar koʻrsatilgan xizmatlar 928,1 mingtani tashkil etib oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 115% oshgan.

Hokimliklar qaroriga asosan 198 500 gektar (102,8 %) yerlar zaxiraga qaytarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер