Joriy yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha qancha loyiha amalga oshirilmoqda?

14:18 24 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
2968 0

Bu haqda poytaxtimizda «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi. Yaʼni yil yakuni boʻyicha respublikamizda umumiy qiymati 232,9 mln. dollar boʻlgan 12 ta loyiha ishga tushirilib, 1 524 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. Jumladan, «Ohangaronsement» AJda 2,4 mln. tonna sement ishlab chiqarish, “Toshkent temir beton va uy qurilish kombinati” UKda 120 ming kub metr temir-beton va gazobeton mahsulotlari ishlab chiqarish, “Urganch qurilish materiallari” MCHJda 30 ming tonna ohak ishlab chiqarish, “Sogda Stroy Group” MCHJda 120 ming tonna granit va shagʻalni qayta ishlash, «Yevro Global invest» MCHJda 180 ming kv metr uy-joy uchun temir beton yirik panellari, “4-Kishlok kurilish kombinati» MCHJda 40 ming kub metr temir beton buyumlari ishlab chiqarish loyihalari shular sirasiga kiradi.

Hududlarning sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlariga asosan dastlabki roʻyxatga asosan 2020-yilda qurilish materiallari sohasida umumiy qiymati 12 trln. 490 mlrd. soʻmlik jami 1 061 ta loyihani, shu jumladan 11 oyda 11 trln. 730 mlrd. soʻmlik mablagʻlar oʻzlashtirilishi belgilangan.

Mazkur loyihalar tufayli yangi turdagi import oʻrnini bosuvchi bazalt va shisha tolali issiqlik saqlovchi plitalar va kompozit armaturalar, keramogranit, oboy, marmar, travertin va granit plitalari, santexnika buyumlari, lok-boʻyoq mahsulotlari, akril mahsulotlari, keramik plitkalar va sanitar-texnik buyumlar, gazobeton va penobeton bloklari, parket, laminat kabi qurilish materiallarini ishlab chiqarish oʻzlashtiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Belarus va Janubiy Koreya davlatlariga davlat tashrifi doirasida 2017-2020-yillarda zamonaviy import oʻrnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun horijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilgʻor xorijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 295,3 mln. dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi. Shulardan bugungi kunga kelib 428,5 mln. dollarlik 22 ta loyiha amalga oshirildi.Ularning 6 tasi 2020-yilda, 5 tasi – 2021-yilda va 11 tasi 2022-2023-yillarda ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер