Joriy yilda 14 ta oliy taʼlim muassasasida masofaviy taʼlim shakli joriy etiladi

15:43 06 Dekabr 2023 Jamiyat
646 0

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshligʻi Abduvohob Hayitov abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlari va chet tilidan ijodiy imtihonlar haqida maʼlumot berdi.

Respublika boʻyicha jami 89 ta davlat oliy taʼlim muassasasi hamda ularning hududlardagi 29 ta filial va fakultetlariga 1 018 007 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtkazildi. Ularning 948 486 nafari test sinovida ishtirok etishi belgilandi.

Joriy yilda 14 ta oliy taʼlim muassasasida masofaviy taʼlim shakli joriy etilib, 6 834 nafar (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy taʼlim shaklida oʻqish istagini bildirdi. Shuningdek, 545 616 nafar abituriyent kunduzgi, 22 867 nafari kechki, 373 169 nafari sirtqi taʼlim shakli uchun roʻyxatdan oʻtdi.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan oliy taʼlim muassasalari (birinchi taʼlim yoʻnalishiga nisbatan):

Oʻzbekiston milliy universitetiga – 33 721 nafar;

Toshkent davlat transport universitetiga – 28 474 nafar;

Fargʻona davlat universitetiga – 28 188 nafar.

Eng koʻp abituriyent roʻyxatdan oʻtgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha):

Qashqadaryo viloyati – 112 242 nafar.

Samarqand viloyati – 105 805 nafar.

Fargʻona viloyati – 89 022 nafar.

Kirish test sinovlarini ochiq va shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida keng jamoatchilik orasidan 3 500 nafarga yaqin nomzod guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladi.

Shuningdek, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan abituriyentlarni surdotarjimon xizmatlari bilan taʼminlash maqsadida 127 nafar surdotarjimon bilan shartnoma tuzildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер