Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 722 dona transformator mukammal taʼmirlandi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Hududiy elektr tarmoqlar” AJ axborot xizmati rahbari Faxriddin Nuraliyev maʼlum qildi.
2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha Jamiyatda Markaziy shtab hamda hududlarda viloyat, shahar va tuman shtablari tashkil etildi.
Ayni paytda sohada 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazildi. Hududlarda 6 300 dan ortiq xodimdan iborat 1 429 ta tunu-kun faoliyat yuritadigan avariyaviy brigadalar navbatchiligi tashkil etilib, 1 340 ta maxsus avto va texnikalar biriktirildi.
Bugunga qadar Jamiyat tomonidan rejaga asosan 29,6 ming kilometr tarmoq hamda 10,2 mingta transformatorlar mukammal taʼmirlangan boʻlsa, 6 554 km hamda 1 925 ta transformator yangilandi.
Shu bilan bir qatorda joriy yilning yakuniga qadar yana 1 ming kilometr tarmoq, 320 ta transformatorda yakunlash ishlarini amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring