Joriy yil 13-14-may kunlari Samarqand shahrida birinchi Osiyo xotin-qizlari forumi oʻtkaziladi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mukarram Nurmatova maʼlum qildi.
Forumda Sharqiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlarining ayol aʼzolari, hukumatlari rahbarlari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ishbilarmon ayollar, siyosatshunoslar, ijtimoiy soha faollari, olimlar, iqtisodiyot tarmoqlari va turli sohalar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Forum 10 ta parallel sessiya doirasida oʻtkaziladi.
Sessiyalarda xotin-qizlarning fan, taʼlim va innovatsion faoliyatdagi ishtiroki hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishi, hozirgi global iqtisodiyotda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali kambagʻallikni kamaytirish, tadbirkorlik, yetakchilik va innovatsiyalarga jalb etish masalalari muhokama qilinadi.
Forumning asosiy tashkilotchilari – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi. Forumning xalqaro hamkori — “BMT ayollar” tuzilmasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring