Joriy hafta Xalq taʼlimi vazirligi tizimida “Dolzarb haftalik” deb eʼlon qilindi
Foto: Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati
Joriy yilning 21-dekabr kuni Xalq taʼlimi vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov kuni kecha Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida bildirilgan muhim fikr va keyingi yilda bajarilishi lozim boʻlgan tizimga oid masalalar barcha masʼullar zimmasiga katta masʼuliyat yuklashini alohida taʼkidladi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev eng katta investitsiya, avvalo taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga qaratilishi lozimligi xususidagi Prezidentimizning fikrlari bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligini aytib oʻtdi.
Vazir mazkur haftani “Dolzarb haftalik” deb eʼlon qilish boʻyicha zarur topshiriqlar berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring