Jomboy yongʻoqlari eksport qilinadi

09:57 22 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
907 0

Tumanning Qoʻlbosti mahallasidagi “SAG-Agro” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 550 gektarlik intensiv yongʻoqzorda birinchi hosilni yigʻishtirish ishlari boshlanish arafasida, - deb xabar bermoqda Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati.

Bu yil aprel oyidagi noqulay ob-havo sharoiti mahalliy yongʻoqlarga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Daraxtlarning 70-80 foizida guli toʻkildi. Ammo bundan intensiv yongʻoqzor zarar koʻrgani yoʻq. Chunki chandler yongʻoqlari may oyida gullaydi. Erta bahorda kutiladigan sovuqlar unga ziyon qilmaydi. Bu ham intensiv bogʻdorchilikning oʻziga xos yutugʻi.

— Yongʻoqzor kelgusi yildan toʻliq hosilga kiradi, — deydi jamiyat rahbari Fariddun Roziqov. — Oktyabr oyida yigʻishtiriladigan nishona hosil laborator tekshiruviga olinadi. Namuna sifatida chet el mutaxassislariga ham koʻrsatamiz. Hozircha, uch-toʻrt yillik yosh daraxtlarning rivojlanishi, hosil berishi belgilangan talabga mos kelyapti. 2021-yilda AQSH, Rossiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarga mahsulot yetkazib beriladi. Bu esa tuman iqtisodiyoti, qishloq xoʻjaligi uchun juda muhim.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер