Jo Bayden va Si Szinpin bir yil ichida birinchi marta shaxsan uchrashdi va “konstruktiv” muzokaralar oʻtkazdi

19:11 16 Noyabr 2023 Jamiyat
272 0

Muzokaralar taxminan toʻrt soat davom etdi. Jurnalistlar bilan suhbatda Bayden uchrashuvni “biz oʻtkazgan eng konstruktiv va samarali muhokamalardan biri” deb atadi.

Bayden bilan muzokaralar chogʻida Si Szinpin “Xitoyning Tayvan masalasidagi prinsipial pozitsiyasini batafsil tushuntirib berdi”. Si Baydenga Xitoy Tayvan bilan “tinch yoʻl bilan birlashishni” afzal koʻrishini aytdi, shu bilan birga “kuch qoʻllanilishi”ning shartlarini tushuntirib berdi.

Muzokaralar natijasida AQSH va Xitoy harbiylar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa kanallarini qayta yoʻlga qoʻyish, fentanilning noqonuniy savdosiga qarshi birgalikda kurashish, sunʼiy intellekt va boshqa sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

The Guardian taʼkidlashicha, bir yil oldingi uchrashuv bilan solishtirganda, hozirgi muzokaralar davomida “koʻproq oʻzaro yon berishlar” boʻlgan va “prezident Bayden zarbalar bermagan”. Si Szinpinning aytishicha, Xitoy AQSHning hamkori va doʻsti boʻlishga tayyor.

Ikki davlat rahbarlarining ritorikasida sezilarli iliqlik kuzatilganiga qaramay, ВВС hozirgi vaziyatda AQSH va Xitoy oʻrtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaxshilanishiga umid qilish real emas, deb hisoblamoqda.

Asosiysi, ular yomonlashmasligidir. Si Xitoy ichidagi obroʻsini yaxshilash niyatida, AQSH esa xalqaro keskinlik oʻchoqlarini oʻchirishni koʻzlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер