Jo Bayden Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishga vaʼda berdi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish choralari ustida ishlashga vaʼda berdi.
«Biz ittifoqchilarimiz bilan birgalikda shaharlar va tinch aholini Rossiya hujumlaridan himoya qilish uchun Ukraina havo mudofaa tizimini mustahkamlash boʻyicha yangi choralarni eʼlon qilamiz», — deyiladi uning bayonotda.
Avvalroq, AQSH shu yilning 9-11-iyul kunlari Vashingtonda boʻlib oʻtadigan NATO sammitida Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirish boʻyicha yangi choralarni eʼlon qilishni rejalashtirayotgani maʼlum boʻlgandi. Manbalarga koʻra, gap «tarixiy va uzoqni koʻzlagan qadamlar» haqida ketmoqda. Biroq u yangi «Patriot» havo mudofaa tizimlarini Kiyevga topshirishni nazarda tutadimi yoki yoʻqligiga aniqlik kiritilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring