Jizzaxda daladan erkak kishining jasadi topildi

13:05 07 Iyun 2024 Jamiyat
404 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyati Forish tumanidagi daladan erkak kishining jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur voqea Forish tumani Qorabdolota MFYda sodir boʻlgan. Ushbu mahallada yashovchi A.P. hamqishlogʻi S.R. tomonidan tosh bilan urib yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер