Jizzaxda yangi sanoat texnoparkiga tamal toshi qoʻyildi

17:51 15 Sentyabr 2023 Jamiyat
718 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jizzaxda Xitoy davlati bilan hamkorlikda 2023-2024-yillarda umumiy qiymati 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya oʻzlashtiriladigan sanoat texnoparki qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

— Mazkur texnoparkda qisqa vaqt ichida elektrotexnika, kimyo sanoati, tekstil va qurilish materiallari kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirish uchun ishlar boshlanadi va ishlab chiqilgan mahsulotlar nafaqat ichki, balki eksportga ham yoʻnaltiriladi, — deydi tadbirda soʻzga chiqqan Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev. –Hozirda viloyatda Xitoy kapitali ishtirokida 40 dan ziyod korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ular tomonidan 910 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb qilingan.

Tadbir davomida Xitoy Savdo-sanoat palatasi ijrochi raisi Lyu Yuy boshchiligidagi tadbirkorlar viloyatning investitsiyaviy muhiti va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishishdi va oʻzaro shartnomalar imzolashdi.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер